«Lans»ning asosiy himoyachisi uchun 20 million yevro taklif qilishmoqda
«Lans» markaziy himoyachisi Kevin Danso «Atalanta» bilan 2029 yilgacha mo‘ljallangan shartnoma borasida kelishuvga erishdi.
Italiya OAV xabariga ko‘ra, bergamoliklar hozirda provansliklar bilan tovon puli borasida muzokaralar olib borishmoqda.
Italiya klubining 25 yoshli avstriyalik uchun dastlabki taklifi 20 million yevro bo‘ldi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/