«Atalanta» Shotlandiya chempionatining o‘tgan mavsumdagi eng yaxshi assistenti uchun 23 million yevro taklif qildi
«Atalanta» Shotlandiya chempionatining so‘nggi mavsumidagi eng yaxshi assistenti bilan shartnoma imzolashi mumkin.
Bergamoliklar Metyu O’reyli uchun «Seltik»ga 23 million yevro taklif qilishdi, deb xabar beradi Relevo jurnalisti Matteo Moretto. Shotlandiya klubi yarim himoyachini 28 millionga baholamoqda.
«Brayton» ham 23 yoshli futbolchining transferi uchun kurasha oladi.
O‘tgan mavsumda O’Reyli 49 o‘yinda 19 gol va 18 golga assistentlik qilgan.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/