Liga 1. Husanov 70-daqiqa o‘ynagan bahsda «Lans» derbida durang qayd etdi

Fransiya chempionatining 8-turi doirasida Shimoliy Fransiya derbisi bo‘lib o‘tdi. «Lans» o‘z maydonida «Lill»ni qabul qildi.

Mezbonlar safida Abduqodir Husanov uchrashuvni asosiy tarkibda boshladi. Birinchi bo‘lim so‘ngida Andre mezbonlarni oldinga olib chiqdi. Bahsning 69-daqiqasida Husanovning o‘rniga Machado tushirildi. Ushbu futbolchi maydonga tushganidan atigi bir daqiqa o‘tib, hisobni tenglashtirdi.

Uchrashuv 1:1 hisobida yakunlandi. «Lans» mazkur durang tufayli o‘z ochkolarini 8 taga yetkazib oldi.

Fransiya chempionati, 8-tur
Lans – Lill 1:1 (0:1, 1:0)
Gollar: 0:1 – 45 Andre, 1:1 – 70 Machado.
Lans – Samba, Agilyar, Danzo, Medina, Abduqodir Husanov (Machado, 69), Frankovski, Fyuljeni (El-Enaui, 77), Abdul-Samed, Diuf (Tomasson, 61), Said (Vai, 62), Sotoka (Gilavogi, 62).
Lill – Shevalye, Diakite, Yoro, Alessandro, Ismaili, Kabella, Andre, Gomes (Bentaleb, 88), Jegrova, Kavaleyru (Unas, 69), Devid (Yazidji, 88).
Ogohlantirishlar: Medina (17), Kavaleyru (20), Alessandro (68), Gomes (82), Vai (82), Yoro (90).

Manba: stadion.uz

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter