«PSJ» Ramush o‘rniga yangi hujumchi oladimi?

«PSJ» jiddiy jarohat olgan Gonsalu Ramushning o‘rniga yangi hujumchi olishni rejalashtirmayapti.

23 yoshli portugaliyalik yaqin uch oy davomida maydonga tusha olmaydi – u operasiya qilinadi. Footmercato xabariga ko‘ra, parijliklar hozirgi vaziyatga qaramay, transfer bozorida Ramushning o‘rniga o‘rinbosar izlashmaydi.

Klub Randall Kolo-Muani va hujumda oldingi o‘rinni to‘ldirishi mumkin bo‘lgan boshqa o‘yinchilarga ishonadi.

Gonsalu Ramush jarohatidan oldin ham «Napoli» hujumchisi Viktor Osimxenga «PSJ» qiziqish bildirayotgan edi, biroq, aftidan, Luis Enrike jamoasida yangi hujumchilarning paydo bo‘lishini yaqin kelajakda kutmaslik kerak.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter