«Real» Militao o‘rniga yangi futbolchi sotib oladimi?

Madridning «Real» klubi xoch bog‘lamini yirtib olgan va to‘qqiz oyga safdan chiqqan himoyachi Eder Militao o‘rnini to‘ldirish uchun yangi o‘yinchi qidirmaydi.

COPA nashrining ta’kidlashicha, «qaymoqranglilar» rahbariyati braziliyalik futbolchining o‘rnini David Alaba, Nacho va Antonio Ryudiger to‘ldirishiga ishonmoqda. Bundan tashqari, “Real Madrid” bosh murabbiyi Karlo Anchelotti ikkinchi jamoadan o‘yinchilarni ham jalb etishi xabar qilingan.

25 yoshli braziliyalik Ispaniya chempionatining 1-turidan o‘rin olgan «Atletik Bilbao»ga qarshi o‘yinda (2:0) jarohat olgandi. Uchrashuvning 50-daqiqasida Eder Militao ko‘zlarida yosh bilan maydonni tark etdi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter