Ten Xag Zirkzeening holati haqida ma’lumot berdi

«Manchester Yunayted» Angliya Premyer-ligasining birinchi turida «Fulxem» bilan uchrashadi.

«Qizil iblislar»ning yangi a’zosi Joshua Zirkzeening holati savollar tug‘dirmoqda. Forvard Angliya Superkubogi uchun «Manchester Siti»ga qarshi o‘yinni zaxira o‘rindig‘ida o‘tkazgan va mavsumoldi o‘yinlarida ham hech qachon safda bo‘lmagan.

“U allaqachon [qaytishga] yaqin. U «Bolonya»dagi so‘nggi oylarida jarohat olgan, keyin esa Niderlandiya terma jamoasining Yevro uchun qaydnomasidan o‘rin olgan. Bu borada u mavsumoldi o‘yinlarimizda qatnashmadi, o‘yin amaliyoti yetishmayapti. Ayni damda bu uning muammosi», – deya ten Xagning so‘zlarini keltiradi insayder Fabrisio Romano.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter