Yoroning qachon maydonga qaytishi borasida ma’lumot paydo bo‘ldi

«Manchester Yunayted»ning yangi himoyachisi Leni Yoroning tiklanish muddati haqida ma’lumot paydo bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, 18 yoshli futbolchi mavsumoldi mashg‘ulotlari vaqtida o‘rtoqlik uchrashuvida jarohat olgandi.

Jurnalist Fabrisio Romanoning «Manchester Yunayted»ga tayanib xabar berishicha, Yoro uch oyga safdan chiqadi. Fransiyalik himoyachi yozda ingliz grandiga o‘tdi. Yoroning xaridi klubga 62 million yevroga tushdi.

Aytish joizki, Angliya Premyer-ligasining yangi mavsumi 16 avgust kuni boshlanadi, 10 avgust kuni esa «qizil iblislar» «Manchester Siti» bilan mamlakat Superkubogi uchun bahs olib boradi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter