«Real» Laport borasida fikrini o‘zgartirdi
Madridning “Real” klubi Ispaniya terma jamoasi markaziy himoyachisini xarid qilmaslikka qaror qildi.
Jurnalist Xose Feliks Diasning xabariga ko‘ra, «qirollik klubi» hozirda «An-Nasr»ga tegishli bo‘lgan Emerik Laportni taklif qilish borasidagi fikrini o‘zgartirgan.
Manbaning xabar berishicha, “Real Madrid” nihoyat markaziy himoyachilar uchun eshikni yopdi. Laportni avvalroq «Los Blankos» himoya markazini kuchaytira oladigan futbolchi deb hisoblagan. Biroq rahbariyat Emerikning taklifini rad etishga qaror qildi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/