«Real» Lunin haqidagi fikrini o‘zgartirdi

24 yoshli ukrainalik darvozabon Andrey Lunin Madridning “Real” klubida qolishi mumkin.

Jurnalistlarning fikricha, bu borada “qirollik” klubi darvozaboni va rahbariyati muzokara olib borishi mumkin. Ukrainalik futbolchining Kepa jarohatidan so‘ng o‘yini «Real» rahbarlarini Andreyga jamoada mustahkam o‘rin olish uchun yangi imkoniyat berish haqida o‘ylashga majbur qildi.

Luninning «Los-Blankos» bilan amaldagi shartnomasi muddati kelasi yilning o‘rtalarigacha. U 2018 yilning yozidan beri «Real»da o‘ynamoqda.

Ispaniya chempionatining joriy mavsumida ukrainalik futbolchi uchta o‘yin o‘tkazib, ikkita gol o‘tkazib yubordi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter