«Real» fransiyalik yosh yulduzdan klubi bilan yangi shartnoma imzolamasligini so‘ramoqda

«Real Madrid» allaqachon fransiyalik markaziy himoyachiga ko‘proq qiziqish bildirmoqda. Gap «Lill» sharafini himoya qiladigan 18 yoshli Leni Yoro haqida ketmoqda. Eslatib o‘tamiz, iqtidorli futbolchining «itlar» bilan shartnomasi tugashiga bir yarim yil qoldi.

Jurnalist Xose Feliks Diasning so‘zlariga ko‘ra, Yoro allaqachon «qirollik klubi» tomonidan qiziqish haqida biladi. «Real Madrid» vakillari allaqachon futbolchidan yozgi transfer uchun «Lill» bilan shartnomasini uzaytirmaslikni so‘rashgan.

Avvalroq boshqa manbalar mehnat shartnomasi bilan bog‘liq vaziyatga qaramay, «Lill» o‘z iqtidori uchun tovon sifatida 60 million yevro ishlab olmoqchi ekanligi haqida xabar bergan edi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter