Savio: «Manchester Siti»da o‘z hikoyamni yozmoqchiman»

«Manchester Siti» vingeri Savio bolalikdagi kumiri haqida gapirdi.

«Manchester Siti» o‘yinlarini ko‘ra boshlaganimdan beri Riyod Mahrez menga o‘rnak bo‘ldi. U o‘z hikoyasini yozgan, lekin Mahrez – Mahrez va Savio – Savio. Men bu yerda o‘z hikoyamni yozmoqchiman» – dedi braziliyalik futbolchi.

Eslatib o‘tamiz, Mahrez 2018 yildan 2023 yilgacha «shaharliklar» safida o‘ynagan. Bu vaqt ichida u 236 uchrashuvda maydonga tushib, 78 ta gol urdi va 56 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Qo‘shimcha qilamizki, 20 yoshli Savio joriy transfer oynasida «Manchester Siti»ga o‘tdi. Futbolchining yangi klubi bilan tuzilgan shartnomasi 2029 yilning o‘rtalariga qadar tuzilgan.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter