Baylz Parij-2024’dagi oltinlarini yana bittaga oshirib qo‘ydi
Amerikalik gimnastikachi Simona Baylz Parij Olimpiadasida tayanib sakrash dasturida g‘olib chiqdi va Olimpiya o‘yinlarining yetti karra chempioniga aylandi.
Baylz 15,300 ball to‘pladi, ikkinchi o‘rin braziliyalik Rebeka Andrade (14,966), uchinchi o‘rin amerikalik Jeyd Keriga (14,466) nasib qildi.
Bu 27 yoshli Baylz uchun Parijdagi uchinchi oltin – u avval jamoaviy va yakkalik bahslarida g‘alaba qozongan edi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/