Sport gimnastikasi. Chusovitina Qohira Jahon kubogida final bosqichi yo‘llanmasini qo‘lga kirita olmadi

Bugun Misrda sport gimnastikasi bo‘yicha Jahon kubogining ikkinchi kun bellashuvlari o‘tkaziladi. Unda 5 nafar hamyurtimiz saralash bosqichida ishtirok etishadi.

Afsuski, kecha o‘tgan saralash bahslarida terma jamoamiz a’zolaridan hech kim final yo‘llanmasini qo‘lga kirita olmadi. Xususan, Oksana Chusovitina tayanib sakrash mashqida o‘z omadini sinab ko‘rgandi.

Bugun gimnastikachilarimiz quyidagi yo‘nalishlarda qatnashadilar:

Rasuljon Abdurahimov: brus va turnik;
Abdulaziz Mirvaziyev: tayanib sakrash;
Humoyun Islomov: tayanib sakrash;
Dildora Aripova: erkin mashq va to‘sin;
Odina Robijonova: erkin mashq va to‘sin.

Manba: olympic.uz

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter