«Manchester Siti» yarim himoyachisi jamoani tark etmoqchi

Yarim himoyachi Kelvin Fillips yozgi transfer oynasida «Manchester Siti»ni tark etishi mumkin, deya xabar beradi Football Insider.

Manbaga ko‘ra, 28 yoshli yarim himoyachi xizmatlariga Birmingemning «Aston Villa» klubi qiziqish bildirmoqda. Klub «shaharliklar»ga futbolchini ijaraga olish taklifi bilan chiqdi.

Fillipsning o‘zi barqaror o‘yin tajribasiga ega bo‘lish uchun jamoani almashtirishga qarshi emas. O‘tgan mavsumda Kelvin Londonning «Vest Xem» klubida ijara asosida o‘ynagan edi. Umuman olganda, yarim himoyachi so‘nggi mavsumda 20 ta o‘yin o‘tkazib, bitta gol urgan. Uning bozor qiymati 25 million yevroga baholanmoqda.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter