«PSJ» va «Manchester Siti» qishda o‘zaro futbolchi almashishi mumkin

«PSJ» va «Manchester Siti» qishda vaqtinchalik futbolchi almashishi mumkin.

Times nashrining yozishicha, Kelvin Fillips parijliklar safiga, Ugo Ekitike esa «shaharliklar»ga borishi mumkin. Ikkala holatda ham gap qisqa muddatli ijara haqida ketmoqda.

E’tiborli tomoni, na Fillips, na Ekitike o‘z klublarida o‘yin tajribasiga ega emaslar. Angliyalik futbolchi barcha turnirlarda 216 daqiqa maydonda o‘tkazgan, fransiyalik futbolchi esa atigi 8 daqiqa.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter