Yoro o‘zining o‘yin uslubi haqida gapirdi

«Manchester Yunayted»ning yangi markaziy himoyachisi Leni Yoro o‘zining o‘yin uslubi haqida gapirdi.

«Zamonaviy futbolda o‘yinni o‘qib, raqibni tushuna bilish kerak. Qolaversa, men to‘p bilan juda yaxshi munosabatdaman. Men to‘p bilan muomala qilishdan qo‘rqmayman», – deya Yoroning so‘zlarini keltiradi klub matbuot xizmati rasmiy saytida.

18 yoshli fransiyalik himoyachi 2024 yilning iyulida «Lill»dan «Manchester Yunayted»ga o‘tgan edi. Transfer summasi 62 million yevroni tashkil qildi, futbolchining klub bilan shartnomasi 2029 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter