“Lill” himoyachisi Yoro “Real”ning asosiy maqsadlaridan biri hisoblanadi

«Lill» himoyachisi Leni Yoro «Real Madrid»ning asosiy maqsadlaridan biri. Bu haqda jurnalist Fabrisio Romano xabar bermoqda. Manbaga ko‘ra, ispan klubi 18 yoshli futbolchining o‘yinlarini kuzatish uchun muntazam ravishda Fransiyaga o‘z skautlarini jo‘natib turadi.

Qayd etilishicha, Yoroga ko‘plab klublar, jumladan, «PSJ» ham qiziqish bildirmoqda. Avvalroq futbolchining o‘zi kelasi yozda «Real Madrid»ga o‘tish niyatida ekani xabar qilingan edi. Joriy mavsumda Yoro “Lill” safida 35 ta o‘yin o‘tkazib, ikkita gol urgan.

Transfermarkt portali Fransiya yoshlar terma jamoasi futbolchisini 40 million yevroga baholamoqda. Himoyachining hozirgi klubi bilan shartnomasi 2025 yilning o‘rtalariga qadar tuzilgan.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter