Keyn «Tottenxem»ga qarshi o‘ynamaydi
«Bavariya» mavsumoldi tayyorgarlik doirasida 3 avgust kuni «Tottenxem»ga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi. Hujumchi Xarri Keyn sobiq jamoasiga qarshi maydonga tushmaydi.
Gap shundaki, futbolchi Yevropa chempionatidagi o‘yinidan so‘ng dam olishga chiqqan. Myunxenliklar bosh murabbiyi Vensan Kompani Keynning mavsumoldi turda ishtirok etmasligini tasdiqladi.
«Keyn, Devis, Upamekano va Koman u yerda bo‘lmaydi. Lekin umid qilamizki, ular birinchi kubok o‘yinida maydonga tusha oladilar», – deya Kompani so‘zlarini keltirmoqda Goal portali.
Aytish joizki, har bir futbolchi mavsum oxirida kamida uch hafta dam olish huquqiga ega.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/