Keyn: «Mening kelajagim «Bavariya»da»

Xarri Keyn «Bavariya»ga o‘tishi haqida gapirdi.

«Germaniyadagi tajribam menga juda katta yordam berdi. Bu menga yangi turtki, yangi chaqiriq, yangi muhit berishi kerak bo‘lgan qadam edi va men bu qadamni qo‘yganimdan juda xursandman.

Mening kelajagim «Bavariya»da. Mening to‘rt yillik shartnomam bor. Men xursandman va umid qilamanki, bu mavsumda men o‘zgacha narsa qila olaman», – dedi «Bavariya» hujumchisi Xarri Keyn.

Bundesliganing joriy mavsumida Keyn 28 o‘yinda maydonga tushib, 32 ta gol urgan va 7 ta golga assistentlik qilgan.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter