«Milan» fransiyalik futbolchi bilan kelishib oldi

«Milan» yozgi transfer oynasida tarkibini kuchaytirmoqchi.

Taniqli jurnalist Fabris Xokinsning ijtimoiy tarmoqlarda xabar berishicha, “rossonerilar” “Monako”dan Yusuf Fofana bilan shartnoma borasida kelishib olgan.

Gap to‘rt mavsumga mo‘ljallangan mehnat shartnomasi haqida bormoqda.

Endi «Milan» «Monako» bilan transfer summasi borasida muzokara boshlashi kerak.

Ayni vaqtda “Manchester Yunayted” va Chempionlar ligasining nomi oshkor etilmagan klubi 25 yoshli Fofananing holatini kuzatib bormoqda.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter