Kanadalik futbolchi Fransiya klubiga ko‘chib o‘tmoqda

«Marsel» Angliyaning «Uotford» klubi bilan yarim himoyachi Ismoil Kone transferi bo‘yicha kelishuvga erishganini e’lon qildi.

Insayder Fabrisio Romanoning so‘zlariga ko‘ra, transfer summasi bonuslar bilan birga 12,5 million yevroni tashkil qilgan.

Kelishuv kanadalik futbolchi kelasi hafta tibbiy ko‘rikdan o‘tishi bilan yakunlanadi. Hozir «Marsel»ning bo‘lajak yangi futbolchisi Amerika kubogida ishtirok etmoqda.

22 yoshli Kone 2023 yilning qishida «Uotford»ga ko‘chib o‘tgandi. O‘tgan mavsumda yarim himoyachi Chempionshipda 42ta o‘yin o‘tkazib, 4ta gol va 3ta golga assistentlik qilgan.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter