Nesta: «Ishni boshlashga shayman»
Alessandro Nesta A Seriyadagi uchinchi mavsumiga tayyorgarlik ko‘rayotgan «Monsa»ning yangi murabbiyi bo‘ldi.
Nestaning tayinlanishi kecha e’lon qilindi. «Lasio» va «Milan»ning sobiq futbolchisi o‘zining yangi ish joyi haqida fikr bildirdi.
«Men butun ishtiyoqim va fidoyiligim bilan ishni boshlashga shayman. Men Adriano Gallianiga bunday ajoyib imkoniyat uchun juda minnatdorchilik bildiraman», – deya Nestaning so‘zlarini keltiradi «Monsa» rasmiy sayti.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/