Bellingem Angliya muxlislariga murojaat qildi

Angliya terma jamoasining yulduz yarim himoyachisi Jud Bellingem 2024 yilgi Yevropa chempionati boshlanishidan oldin muxlislarga murojaat qildi.

«Bu yozda biz sizga juda muhtojmiz. Angliya, ketdik!», – deb post qoldirdi futbolchi ijtimoiy tarmoqlarda.

14 iyundan 14 iyulga qadar Germaniya futbol stadionlarida Yevropa chempionati bo‘lib o‘tadi. Angliya terma jamoasi «C» kvartetida bo‘lib, u yerda Sloveniya, Daniya va Serbiya terma jamoalari bilan to‘qnash keladi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter