Bellingem Mbappening «Real»ga o‘tishi haqida o‘ylayotganini tan oldi

Madrid klubi yarim himoyachisi Jud Bellingem fransiyalik forvardning ehtimoliy transferi haqida fikr bildirdi.

«Siz u kabi yaxshi odamning yonida o‘ynashni istamaydigan o‘yinchini bilasizmi?» – dedi Bellingem tabassum bilan Mbappe haqidagi savolga javob berarkan.

«Men vaziyatni kuchaytirmoqchi emasman. Hamma u haqida gapirayotganda qiyin bo‘lsa kerak, lekin ha, bu juda yaxshi bo‘lardi», – deya Bellingem so‘zlarini keltirmoqda RMC Sport.

Oldinroq, 25 yoshli Mbappe 2023/2024 yilgi mavsum yakunida «PSJ»ni tark etish qarorini e’lon qilgandi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter