Anchelottini Braziliya termasiga olib kelmoqchi bo‘lgan rahbar Braziliya futbol konfederasiyasini tark etdi

Braziliya futbol konfederasiyasini prezidenti Ednaldo Rodriges o‘z lavozimini tark etdi. Bu haqda «Relevo» nashri xabar tarqatdi.

Rio-de-Janeyro shahri sport huquq Oliy sudi shunday qaror qabul qildi. Chunki, BFK prezidenti lavozimi uchun o‘tkazilgan so‘nggi saylovda qonunbuzarlikka yo‘l qo‘yilgan.

BFK prezidenti vazifasini bajarish Xose Perdizga topshirildi. Rodriges esa yangi saylovda o‘z nomzodini qo‘yish yoki sud qarori bo‘yicha apellyasiya berish huquqiga ega.

Eslatib o‘tamiz, aynan Rodriges Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi lavozimiga Karlo Anchelottini olib kelishga harakat qilayotgandi.

Manba: sport24.ru

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter