Boks. Mayk Tayson – Jeyk Pol jangi noma’lum muddatga qoldirildi

Boks afsonasi Mayk Taysonning bloger-bokschi Jeyk Polga qarshi jangi boshqa muddatga qoldirildi.

Ushbu jang 20 iyul kuni AQSHda o‘tkazilishi kerak edi. Bunga Mayk Taysonning sog‘lig‘idagi muammo sabab bo‘lgani aytilmoqda. U samolyotda o‘zini yomon his qilgani uchun zudlik bilan shifoxonaga olib ketilgandi.

Jangning yangi sanasi kelasi hafta e’lon qilinadi. 

Manba: Ўзбекистон профессионал бокс федерацияси матбуот хизмати

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter