Boks. Aleksandr Usik – Tayson Fyuri revansh jangi sanasi ma’lum

Superog‘ir vaznda mutlaq jahon chempioni Aleksandr Usik hamda sobiq WBC chempioni Tayson Fyuri o‘rtasida revansh jangi o‘tkaziladi.

Tomonlar birinchi jang shartnomasida yozilgan revansh haqidagi banddan foydalanishgan. Revansh jangining o‘tkazilishini shaxsan Saudiya Arabistoni ko‘ngilochar Bosh boshqarmasi raisi Turki Al ash-SHeyx tasdiqlagan.

«Mutlaq jahon chempioni Aleksandr Usik hamda sobiq chempion Tayson Fyuri o‘rtasidagi revansh jangini shu yil 21 dekabr kuni Ar-Riyod shahrida o‘tkazamiz. Butun dunyo yana bir tarixiy jangga shohid bo‘ladi. Bizning muxlislarga sadoqatimiz o‘zgarmaydi. O‘ylaymizki, bu siz yoqadi!», – dedi Turki Al ash-SHeyx.

Aleksandr Usik (22-0, 14 KO) va Tayson Fyuri (34-1-1, 24 KO) o‘rtasidagi ikkinchi jang 21 dekabr kuniga belgilandi. Yaqin kunlarda bu haqda rasmiy matbuot anjumanida rasman e’lon qilinadi. Ilk jangda Usik 12 raund yakunlariga ko‘ra hakamlarning ayri qarori bilan g‘alaba (114-113, 113-114, 115-112) qozongandi.

Manba: Ўзбекистон профессионал бокс федерацияси матбуот хизмати

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter