Boks. Deontey Uaylder to‘liq 12 raund davom etgan jangda Jozef Parkerga mag‘lub bo‘ldi (videosharh)

Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida 23 dekabr tunida boks oqshomi bo‘lib o‘tdi. Ushbu boks oqshomida Deontey Uaylder Jozef Parkerga qarshi ringga ko‘tarildi.

To‘liq 12 raund davom etgan jang yakunlariga ko‘ra Deontey Uaylder 118-110, 118-111, 120-108 hisobida mag‘lubiyatga uchradi.

Shu tariqa, 9 mart kuni Deontey Uaylder va Entoni Joshua o‘rtasidagi jang bo‘lib o‘tmaydigan bo‘ldi. Shartga ko‘ra, jang tashkil etilishi uchun ikkala bokschi ham o‘z janglarida muvaffaqiyatga erishishi kerak edi.

Manba: daryo.uz

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter