Marsyal «Marsel»ga kerak emas

Hujumchi Entoni Marsyal «Marsel»ga o‘tmaydi. Jurnalist Sebastyan Denisning yozishicha, Provans klubi 28 yoshli futbolchi bilan shartnoma imzolashdan manfaatdor emas.

Kelgusi yozda klublar Marsyal bilan erkin agent sifatida shartnoma imzolashi mumkin. 2023/2024 yilgi mavsum yakunida futbolchining «Manchester Yunayted» bilan tuzgan mehnat shartnomasi muddati tugadi. Marsyal ingliz klubi safida 317 ta o‘yin o‘tkazib, 90 ta gol urgan va sheriklariga 47 ta golli uzatma bergan.

Eslatib o‘tamiz, «Marsel» Fransiya chempionatini sakkizinchi o‘rinda yakunladi. Jamoa yevrokuboklarga chiqa olmadi.

Manba: euro-football.ru

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter