Anchelotti: «Bellingem uzoq vaqtdan beri «Real»da o‘ynayotgandek»

«Real Madrid» bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Jude Bellingemning rasmiy debyut o‘yini haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

“Bellingem juda motivasion. Klub muhim shartnoma imzoladi. Jud uzoq vaqtdan beri «Real»da o‘ynagandek taassurot qoldirdi, – deya Anchelotti so‘zlarini keltiradi Madrid Zone.

Eslatib o‘tamiz, Bellingem shu yozda Dortmundning «Borussiya»sidan «Real»ga o‘tgan edi. Transfer narxi bonuslarni hisobga olmaganda 103 million yevroni tashkil qildi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter