«Marsel» Gattuzo o‘rniga murabbiy topdi
Kot-d’Ivuar terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi Jan-Lui Gasse «Marsel»ni boshqarishi mumkin.
Manbaga ko‘ra, 70 yoshli mutaxassis bu lavozimga ustuvor nomzod hisoblanadi. U jamoa bilan mavsum oxirigacha shartnoma imzolashi kutilmoqda.
Gasse bungacha “Monpelye”, “Kan”, “Sent-Etyen” va “Bordo” klublarida bosh murabbiy bo‘lib ishlagan. U yanvar oyida Kot-d’Ivuar terma jamoasini tark etgandi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/