Rasman. «Marsel» yangi bosh murabbiy nomini e’lon qildi

Fransiyaning «Marsel» klubi Jan-Lui Gasse bosh murabbiy etib tayinlanganini e’lon qildi.

70 yoshli mutaxassis bugun ishdan bo‘shatilgan Jennaro Gattuzoning o‘rnini egalladi.

Gassening so‘nggi ish joyi Kot-D’Ivuar terma jamoasi bo‘lgandi. U Afrika termasini yanvar oyida tark etgandi.

«Marsel» Fransiya chempionatining 22-turidan keyin 30 ochko bilan 9-o‘rinni egallab turibdi. Jamoa so‘nggi 7 ta o‘yinda g‘alaba qozona olmadi.

Manba: sports.ru

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter