“Brayton” yana bir futbolchisi bilan shartnomani uzaytirdi

Angliyaning “Brayton” futbol klubining rasmiy sayti xabar bermoqdaki, Jeyms Milner klub bilan shartnomani uzaytirdi.

Angliyalik futbolchining jamoa bilan tuzgan yangi shartnomasi kelasi mavsum oxirigacha amal qiladi.

Eslatib o‘tamiz, Milner o‘tgan yozdan beri «Brayton»da o‘ynab kelmoqda. Faoliyatining avvalida Angliya terma jamoasining eng tajribali sobiq futbolchisi “Manchester Siti”, “Aston Villa”, “Nyukasl” va “Lids” klublarida ham to‘p tepgan.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter