Milner: «Bu g‘alaba biz uchun muhim edi»

Yevropa ligasi guruh bosqichining uchinchi turida Angliyaning «Brayton» klubi Amsterdamning «Ayaks» klubiga qarshi o‘yinda g‘alaba qozondi va bu «chaykalar» uchun joriy turnirdagi birinchisi bo‘ldi.

Yozdan beri italiyalik mutaxassis Roberto de Dzerbi qo‘l ostida to‘p tepayotgan ingliz futbol faxriysi Jeyms Milner g‘alabadan keyingi his-tuyg‘ulari bilan o‘rtoqlashdi.

«Bu yirik g‘alaba, biz uchun Yevropa maydondaridagi o‘yinimizda g‘alaba qozonish muhim edi. Mavsum boshlanishi unchalik yaxshi bo‘lmadi. Biz jamoaning o‘tgan yilgi muvaffaqiyatlari tasodifiy emasligini ko‘rsatdik, bu hozir ham davom etmoqda», – deya Jeyms Milner so‘zlarini keltiradi BBC Sport.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter