Milner: «Juda kam imkoniyat yaratdik»

Angliya chempionatining yigirma birinchi turi “Brayton” va “Vulverxempton” jamoalari o‘rtasidagi golsiz durang bilan yakunlandi. «Brayton»ning tajribali angliyalik futbolchisi Jeyms Milner nisbatan omadsiz o‘yin sabablarini izohladi.

«Maydonning so‘nggi uchdan bir qismida juda kam imkoniyat yaratdik. Biz to‘pga ko‘p egalik qildik, ammo undan foyda yo‘q edi. Men xafa bo‘ldim. Bir oz g‘ayrat yetishmadi. Bo‘lib turadi. Biz bugun gol o‘tkazib yubormaganimiz muhim. Bu har doim yaxshi», – deya Milner so‘zlarini keltiradi BBC Sport.

Keyingi turda “Brayton” “Luton Taun”ga qarshi bahs olib boradi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter