Rasman! «Bayer» o‘z futbolchisi bilan shartnomani uzaytirdi

Himoyachi Edmond Tapsoba «Bayer» bilan shartnomasini uzaytirdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

Futbolchining yangi shartnomasi 2028 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.

24 yoshli Tapsoba yaqinda «Bayer»da o‘zining to‘rtinchi mavsumini boshladi. Markaziy himoyachi yozda Londonning «Tottenxem» va «Manchester Yunayted»ning nishonida edi, ammo uning Angliya Premyer-ligasiga o‘tishi amalga oshmadi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter