«Shtutgart» «Bavariya»ni ortda qoldirib, Bundesligada ikkinchi o‘ringa ko‘tarildi

“Shtutgart” Bundesliganing 33-turidan o‘rin olgan bahsda “Augsburg”ni mehmonda mag‘lub etdi – 1:0.

Seru Girassi 48-daqiqada mehmonlar darvozasiga kiritilgan yagona golga mualliflik qildi.

Shvabiyaliklar 70 ochko jamg‘arib, Bundesliga turnir jadvalida “Bavariya”ni ortda qoldirib (69 ochko va bitta o‘yin kam) 2-o‘ringa ko‘tarilib oldi.

«Augsburg» ketma-ket to‘rtinchi mag‘lubiyatini qabul qilib oldi. Jamoa 39 ochko bilan Bundesligada 9-o‘rinda bormoqda.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter