Girassi jarohati tufayli Afrika kubogini o‘tkazib yuborishi mumkin

Yevropaning 5 ta eng yaxshi to‘purarlaridan biri Seru Girassi ushbu Afrika kubogida o‘ynamasligi mumkin. Gvineya terma jamoasi bosh murabbiyi Kaba Diavar futbolchi Nigeriya bilan o‘rtoqlik uchrashuvida jarohat olgan Seruning holati haqida gapirdi.

“Biz uni boshqa xavflardan qochish uchun almashtirdik. Jarohat qanchalik jiddiy ekanini bilmaymiz, ammo hozir u qadar yomon ko‘rinmaydi. Umid qilamanki, jiddiy hech narsa sodir bo‘lmadi», – deya Diavar so‘zlarini keltiradi jurnalist Ben Jeykobs.

Eslatib o‘tamiz, joriy Bundesligada Girassi “Shtutgart” tarkibida 14 ta o‘yinda maydonga tushib, 17 ta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter