Gvineyalik futbolchi APLga yo‘l olishi mumkin

«Shtutgart» hujumchisi Seru Girassi «Manchester Yunayted»ga o‘tishi mumkin, deya xabar beradi Todofichajes.

«Mankunianliklar» futbolchini yanvardagi transfer oynasida qo‘lga kiritmoqchi. “Qizil iblislar” gvineyalik hujumchining 17,5 million yevroga teng bo‘lgan tovon pulini to‘lashga tayyor.

27 yoshli Girassi Bundesliganing joriy mavsumdagi eng yaxshi to‘purarlaridan biri. Hujumchi 14 uchrashuvda 17 ta gol (3 tasi penaltidan) urgan.

Transfermarkt portali ekspertlari hujumchining narxini 40 million yevroga baholamoqda. Tomonlar o‘rtasidagi amaldagi shartnoma 2026 yilning iyun oyi oxirida tugaydi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter