«Inter» Indzagi bilan shartnomani uzaytiradi

Simone Indzagi “Inter” bosh murabbiyi sifatida yaxshi ishlamoqda. O‘tgan mavsumda jamoa Chempionlar ligasi finaliga chiqdi, bu mavsumda esa muddatidan avval Italiya chempionligini qo‘lga kiritdi.

La Gazzetta dello Sport nashri xabariga ko‘ra, Indzagi bilan shartnomani 2027 yilning o‘rtalariga qadar uzaytirish yaqin kelajakda e’lon qilinadi. Mutaxassisning maoshi yiliga 6 million yevrogacha oshadi. Bonus to‘lovlari evaziga murabbiy bir mavsumda 6,5 ​​million ishlab olishi mumkin bo‘ladi.

“Inter” Italiya chempionatidagi navbatdagi o‘yinini 10 may, juma kuni “Frozinone”jamoasiga qarshi o‘tkazadi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter