Indzagi: «Yigitlarga rahmat aytdim»

Italiya chempionatining navbatdagi, 29-turida «Inter» «Napoli»ga qarshi o‘yinda oldinga chiqib oldi, ammo g‘alabali hisobni saqlab qola olmadi va natijada jamoalar o‘zaro durang o‘ynadi.

Turnir jadvalidagi katta ochkolar farqi Simone Indzagiga bunday yo‘qotishlarga biroz yumshoqroq munosabatda bo‘lish imkonini beradi.

«Yigitlarga rahmat aytdim, ular Chempionlar ligasida 120 daqiqa o‘ynamagandek o‘ynashdi. Biz kurashni Italiyaning amaldagi chempioniga berdik, ketma-ket o‘n birinchi o‘yinda g‘alaba qozonishni xohladik, ammo bu amalga oshmadi. Bu futbol», – dedi Indzagi fcinter1908.it bilan suhbatda.

Keyingi turda «Inter» klubi «Empoli»ga qarshi bahs olib boradi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter