Partiga La Liga grandi qiziqmoqda

«Arsenal» yarim himoyachisi Tomas Parti «Barselona»ning qiziqish doirasiga tushib qoldi.

30 yoshli futbolchining kelajagi noaniqligicha qolmoqda: uning «kanonirlar» bilan shartnomasi 2025 yilda tugaydi va shartnomani uzaytirish ehtimoli past deb baholanmoqda.

Jurnalist Adrian Sanchesning so‘zlariga ko‘ra, «Barselona»ning sport xodimlari Partining nomzodini yuqori baholaydi.

Ganalik futbolchi bilan shartnoma imzolanishi «ko‘k-anorranglilar»ga yarim himoyadagi muammolarni hal qilishga yordam berishi mumkin.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter