«Arsenal» futbolchisi «Atletiko»ga qaytishi mumkin
«Arsenal» yarim himoyachisi Tomas Parti Ispaniya chempionatiga qaytishi mumkin. Ganalik yarim himoyachi xizmatlariga uning sobiq jamoasi «Atletiko Madrid» qiziqmoqda. «Matraschilar» jamoasi bosh murabbiyi Diyego Simeonening shaxsan o‘zi afrikalik futbolchini qo‘lga kiritishni talab qilmoqda, deya xabar bermoqda Todofichajes nashri.
Parti 2020 yilning oktyabr oyida “Atletiko Madrid”ni tark etib, “Arsenal”ga o‘tgan edi. Klub va futbolchi o‘rtasidagi amaldagi shartnoma 2025 yilning o‘rtalariga qadar tuzilgan. Tomasning transfer narxi 35 million yevroga baholanmoqda.
Angliya Premyer-ligasining joriy mavsumida yarim himoyachi uchta o‘yinda gol ura olmadi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/