Parti Gana terma jamoasiga bormaydi

«Arsenal» yarim himoyachisi Tomas Parti bo‘lajak o‘yinlar uchun Gana terma jamoasiga bormaydi. Jurnalist Fabrisio Romanoning xabariga ko‘ra, futbolchi chaqirilmagan va unga formasini tiklash uchun vaqt berilgan.

Parti ushbu mavsumda jarohatidan forig‘ bo‘lish uchun uzoq vaqt o‘tkazdi. Yarim himoyachi yaqindagina maydonga qaytdi, ammo hali optimal formaga kira olmadi.

«Kanonirlar» jamoaga sovrinlar uchun kurashda yordam berish uchun Tomas mavsumning so‘nggi ikki oyida yuqori formada bo‘lishini istaydi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter