Tuxel «Shtutgart»ga qarshi o‘yinda Sanega dam beradi

«Bavariya» hujumchisi Leroy Sane Germaniya chempionati doirasida «Shtutgart»ga qarshi o‘yinda dam oladi.

Kicker nashri xabariga ko‘ra, myunxenliklar ustozi nemis futbolchisini Chempionlar ligasi yarim finalida «Real»ga qarshi javob o‘yiniga saqlab qolishga qaror qilgan.

«Qirollik klubi»ga qarshi birinchi o‘yinda Sane gol urib, jamoasiga o‘z maydonida 2:2 hisobida durang o‘ynashiga yordam bergandi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter