Tuxel: «Sane zaxiraga olinishi yoqmaydi»
«Bavariya» bosh murabbiyi Tomas Tuxel «Mayns»ga qarshi o‘yinda almashtirilgan hujumchi Leroy Sanening noroziligiga izoh berdi.
“Sana hech qachon o‘zgarishini yoqtirmaydi. Lekin men uning jahli chiqdi deyolmayman. Leroy shunchaki o‘yinni yakunlamoqchi edi. U har doim gol urishni va golli uzatma berishni xohlaydi. Men uni o‘yindan chetlatishni yoqtirmayman, biroq bizga Matis Tel va Erik Chupo-Moting kerak edi», – dedi Tuxel o‘yindan keyingi matbuot anjumanida.
«Bavariya» kecha «Mayns»ni 3:1 hisobida mag‘lub etdi va Sane Bundesligadagi ilk golli uzatmani amalga oshirdi. Bundan tashqari, Leroy chempionatning 8 ta uchrashuvida 6 ta gol urgan.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/