Luis Enrike: «Jamoaning ambisiyalari va o‘ziga xosligidan mamnunman»

«PSJ» bosh murabbiyi Luis Enrike Fransiya chempionatining 4-tur uchrashuvida «Lion» ustidan qozonilgan yirik hisobdagi g‘alabadan so‘ng (4:1) o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

«Bu ajoyib natija, jamoa ajoyib munosabat ko‘rsatdi. Lekin oldimizda hali ko‘p yo‘l bor, ko‘p narsani tuzatishimiz kerak. Ammo jamoamizning ambisiyalari va o‘ziga xosligidan mamnunman», – dedi Enrike klub matbuot xizmatiga.

To‘rtta tur natijasiga ko‘ra parijliklar sakkiz ochko jamg‘arib, Fransiya chempionati turnir jadvalida ikkinchi pog‘onani band etib turishibdi. Poytaxtliklar navbatdagi o‘yinni 15 sentyabr kuni «Nissa»ga qarshi o‘tkazadi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter