«Bavariya» Keynni sotishdan manfaatdor emas
Ditmar Xamann Keyning kelajagi haqida gapirdi.
«Keyn o‘ylab olib qaror qabul qilishi kerak. Menimcha, klub uni sotishdan manfaatdor emas. Uning transferi boshqa klublar uchun qimmatga tushadi. Kim qiziqish bildirishini bilmayman – «Manchester Yunayted» haqida gapirilgan edi, «Chelsi» ham bu hujumchini xohlaydi.
Shuningdek, ular shartnomada u «Tottenxem»ga qaytishi mumkin bo‘lgan bandni ham eslatib o‘tishgan.
Ayni paytda hech qanday muzokaralar yo‘q, lekin ko‘p muammolar bor, chunki «Bavariya»da murabbiy yo‘q, biz [CHempionlar ligasi] «Real»ga qarshi yarim finalda nima bo‘lishini bilmaymiz, shuning uchun biz kuzatib borishimiz kerak.
U o‘zi uchun to‘g‘ri bo‘lgan narsani qilishi kerak», – dedi Xamann.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/