Xamann: «Bavariya»ning Keyn bilan kelasi yili chempion bo‘lishiga kafolat yo‘q»
Ditmar Xamann Xarri Keynning kelajagi haqida gapirdi.
Yozda «Bavariya»ga o‘tgan angliyalik hujumchining amaldagi shartnomasi 2027 yilgacha mo‘ljallangan. Joriy mavsumda Myunxen klubi 11 yil ichida ilk bor Germaniya chempioni unvonini “Bayer”ga boy berdi.
«O‘ylaymanki, agar «Bayer» hozirgi jamoani saqlab qolsa, u Bundesliganing keyingi mavsumini favorit sifatida boshlashi mumkin.
«Bavariya»dan kim ketishi noma’lum; ularda hali murabbiy ham yo‘q. Taxminan 50 yil ichida birinchi marta «Bavariya» favorit emas va Keyn bilan ham kelasi yili chempion bo‘lishiga kafolat yo‘q», – dedi Xamann.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/