Naomi Osaka «Real Madrid» – «Barselona» uchrashuviga bordi

Dunyoning sobiq birinchi raketkasi yaponiyalik tennischi Naomi Osaka Ispaniya Primerasining 32-turidan o‘rin olgan «Real Madrid» – «Barselona» uchrashuviga tashrif buyurdi. Sportchi madridliklar darvozaboni Tibo Kurtua bilan suratga tushdi va shaxsiy futbolka oldi.

«Madrid olg‘a! Rahmat, Tibo”, — deb yozdi Osaka ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.

Eslatib o‘tamiz, Madriddagi “Santyago Bernabeu” stadionida bo‘lib o‘tgan uchrashuv 3:2 hisobida “Real”ning g‘alabasi bilan yakunlangan edi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter